Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

QLEVER mart tanlovini e’lon qiladi!

01.03.2022 • 08:49

Aziz do’stlar!
QLEVER mart tanlovini e’lon qiladi!
8 martgacha juda oz muddat qoldi va shu munosabat bilan tuhfalar bilan ko’nglingizni shod qilishga shoshilmoqdamiz. Bu bayram xotin-qizlarning teng huquqlari va ozodligi uchun kurashdagi birdamligi kuni sifatida paydo bo’lgan. Shu munosabat bilan ajoyib sovrinlar - Redmi AirDots 3 - simsiz quloqchinlarni yutib olishning 2 imkoniyatini taklif etamiz.
 
2022 yilning 1 martidan 28 martigacha  Instagramdagi akkauntingizda quyidagilarni chop eting:
-       xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari, hayotingizda bu qanday namoyon bo’lgani yoki mamlakatingizda yoki shahringizda ayollarga munosabatning yaxshi yoki yomon tomonga o’zgarayotgani haqidagi tushunchangiz ifodalangan kichik post (matn)ni;
YOKI
-       gender tenglik mavzusidagi Reels formatidagi video. Matn, musiqa, ovozni o’zingiz tanlaysiz.
 
@qlever.uz sahifamizni belgilang, #Qlever8марта  #Qleverконкурс #QleverEqualRights xeshteglarini qoying va post (matn)ingizni / videoingizni korishimiz uchun akkauntingizni oching.
 
2022 yilning 31 martida g’oliblarni e’lon qilamiz va eng yaxshi post (matn) va eng kreativ (ijodiy) video uchun sovrinlarni yuboramiz. Sovrinlarni O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish bizning hisobimizdan.
 
Omad tilaymiz!

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.