Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Tanlov! Tozalik soati ✨

12.11.2021 • 10:17

Salom! 

Tasavvur qiling, yerda elim xaltalar, plastik idish va boshqa chiqindilar boʻlmagan toza-ozoda koʻchaga chiqish qanchalik yoqimli.  Bu fantastika emas va ozodalikka erishish u qadar qiyin ish ham emas. Qleverdan yangi tanlov - hovlilar, koʻchalar va yoʻlaklardagi chiqindilarga qarshi urush e’lon qilamiz ⚔️?✨

 

Nima qilish kerak?

  1. Kerakli narsalar: qoʻlqop, niqob, chiqindilarni yigʻish uchun idishlar yoki zambilni hozirlang. Ozodalikni tartib darajasiga olib chiqqanlar uchun esa xaskash va supurgilar ham kerak boʻladi?
  2. Oʻz hovlingiz, yoʻlagingiz yoki koʻchangizga chiqing va atrofingizni tozalab qoʻying! Agar hamma yoq barg va qor bilan qoplangan boʻlsa, ularni supirib, kurab olish mumkin 
  3. ishingiz natijasi fonida suratga tushing.
  4. Ushbi foto/videoni Instagram  #toza #QleverUz xeshtegi bilan joylashtiring (yoki uni bizning quyidagi pochtamizga yuboring: qlever.game@gmail.com). 

Albatta Qlever platformasidagi oʻz nikneymingizni koʻrsating 

 

Instagramdagi postga misol: Hovlini tozaladik! #toza #QleverUz @nickname

 

Har bir tozalik shaydosi platformamizda bizdan 150  oladi. Tanlov 26 noyabrda yakuniga yetadi.

 

Hozircha esa, tozalash borasida bir necha tavsiyalar:

  1. Yoqmang, chirishga qoʻying. Tutun sayyoramizga zarar yetkazadi, ayrim turdagi plastiklarning tutuni esa zaharli hamdir ???
  2. Daraxtlarning barglari tuproq unumdorligini oshiradi. Ularni yoqmang. Agar ular halaqit bersa, bir joyga yigʻib, shunday qoldiring ??
  3. Qoʻllaringizni ehtiyot qiling, qoʻlqopda ishlang ?
  4. Niqob sizni changdan asraydi ?
  5. Jamoa boʻlib ishlash har doim yoqimli ?

Qanchalik tez-tez chiqindilarni qozalab tursangiz, ish shuncha kam boʻladi. Bir nechta qogʻoz parchasini yigʻishtirib olish uchun atigi bir necha daqiqa sarflaysiz, lekin tartib va ozodalik hissi hafta davomida sizni tark etmaydi ✨ ?

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.