Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

«Yandex» kompaniyasi malaka oshirishga qabul e’lon qildi

03.02.2021 • 12:47

Malaka oshirish pullik bo‘lib haftasiga 20 – 40 soat bandlikni nazarda tutadi.

Malaka oshiruvchilar bazaviy algoritmlar va ma’lumotlar tuzilishini bilishlari, shuningdek dasturlash tillaridan birida kodni yoza olishlari talab etiladi. Boshqa talablar esa tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib belgilanadi.Nomzodlarni saralab olishda kompaniya nomzodning anketasiga va uning yutuqlariga e’tibor qaratadi.

Uch turdagi malaka oshirish e’lon qilinmoqda:

  • Yillik malaka oshirish (fevral — mart, avgust — dekabr);
  • Yozgi malaka oshirish (aprel — iyul);
  • Boot camp tizimi bo‘yicha Deep dive dasturi (14 aprel, 30 iyun va 21 iyul).

Malaka oshirish yo‘nalishlari:

  • bekend-ishlab chiqish;
  • frontend-ishlab chiqish;
  • mashinali o‘qitish;
  • tahlil;
  • mobil ishlab chiqish.

Eng yaxshi malaka oshirganlar kompaniyaga ishga qabul qilinadi.

Birinchi bosqichda  ariza topshirish kerak. Ariza topshirish muddati 2021-yil 31-maygacha.

Keyingi bosqichda test topshiriqlarini bajarish va intervyudan o‘tish kerak.   

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.