Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Munisa Rizayeva: "Zotiljam koronavirusdan ham yomon ekan"

12.08.2020 • 11:32

O‘zbek estradasining pop-yulduzi Munisa Rizayeva oilasi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi. Munisaning so‘zlariga ko‘ra, unga va yaqinlariga zotiljam tashhisi qo‘yilgan. “Iltimos, sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang. Hech qayerga chiqmang. Uyda qoling. Zotiljam koronavirusdan ham yomon ekan. Juda ko‘pchilik zotiljamga chalinmoqda. Ota-onam og‘ir ahvolda yotishibdi”, - deb yozgan Munisa Rizayeva.

Oldinroq honanda Kaniza koronavirusga chalingan va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilgan edi.  

O‘zbekistonda hanuz COVID-19 ga chalinganlar o‘zlarining tashhislarini yashirishga harakat qilishadi, chunki koronavirusni yuqtirib olish va u bilan kasallanish uyatli holat hisoblanadi. Bu esa odamlar qo‘rquv hamda ta’qib ehtimoli bois o‘zlarida kuzatilayotgan alomatlarni yashirishlariga, o‘z bilganlaricha davolanishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shifokorlar COVID-19 ga chalinganda o‘z bilganicha davolanish mumkin emasligini ta’kidlashmoqda. Bu bilan o‘zingizning va yaqinlaringizning hayotini xavfga qo‘yasiz.  

 

Manba: Munisa Rizayevaning Instagramdagi shaxsiy kanali 

Manba: https://repost.uz/zvezda-v-shoke

 

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.