Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Daraxt kesilishini suratga ol va pul mukofotiga ega bo‘l

17.12.2020 • 17:04

O‘zbekistonda daraxtlarning moqonuniy kesilishi holatlari haqida xabar berganlar moddiy rag‘batlantiriladi. 2021-yildan boshlab bunday holatni suratga olgan shaxsga jarima miqdorining 15 foizi mukofot sifatida beriladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi qonun buzilish holatlari aks etgan foto va videolarni jo‘natish mumkin bo‘lgan maxsus bot ishga tushirilishini ma’lum qildi. Hozirda esa qonun buzilish holatlari to‘g‘risida xabar berish uchun 71 277−75−43 aloqa liniyasi ishlab turibdi.

Qoidabuzarlik holatlarini suratga olishni rag‘batlantirish O‘zbekistonda ommalashib bormoqda. Avvalroq 2021-yildan ishga tushadigan xuddi shunday tashabbusni IIVning yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ilgari surgan edi. 

 

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.