Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Sport dasturlashi bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati g‘oliblari 30 000 $ olishadi

25.11.2020 • 16:58

Ozbekistonda ilk bora otkaziladigan, yutuq jamgarmasini tashkil etadigan 30 000 $ olti nafat golib ortasida taqsimlanadigan sport dasturlashi boyicha onlayn-chempionatga ishtirokchilarni royxatga olish boshlandi.  Dasturlash  bo‘yicha birinchi chempionatning tashkilotchilari IT Park va Dubai future Foundation hisoblanadi. Chempionat 8 noyabrda  start oladi. Texnopark matbuot xizmati shu haqda xabar qildi.   

Sport dasturlashi — aqliy sportning bir turi bo‘lib, unda yaratuvchilar dasturlashning C/C++, Kotlin, Java va Python kabi ommabop tillaridan foydalanib murakkab algoritmik masalalarni tezlikda hal etishlari kerak bo‘ladi.

Onlayn-chempionat ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich: Saralash —  28 - 29 noyabr. Finalga chiqish uchun maxsus vazifalarni yechish.
  • 2- bosqich: Final -dekabr.

Ishtirokchilar quyidagi yosh toifalariga ajratiladi:

  • А Toifa — 30 yoshgacha (murakkab vazifalar);
  • Б Toifa — maktab o‘quvchilari (osonlashtirilgan vazifalar).

Jyuri har bir toifada 6 nafar g‘olibni aniqlaydi va mukofot jamg‘armasi ular o‘rtasida taqsimlanadi.  

Tanlovda qatnashish bepul, ammo quyidagilar talab etiladi:

  • Mamlakat rezidenti bo‘lish;
  • One Million Coders kurslaridan birini tugatgani haqida sertifikatga ega bo‘lish;
  • 16 dan 30 yoshgacha bolish;
  •  Royxatdan o‘tish.
  • «IT Park Cupning saralash bosqichida ishtirok etadigan talabalar avtomatik ravishda  O‘zbekistonda ICPCning chorak finalida ishtirok etishlari mumkin», ― deyishmoqda texnoparkda.

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.