Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi vaziyat yuzasidan tashvish bildirib, chegarada harakatlanishni chekladi

07.10.2020 • 08:48

Ozbekiston hukumati Qirgizistondagi vaziyat yuzasidan tashvishda ekanini malum qildi. Tashqi ishlar vazirligi ozining 6-oktabrdagi bayonotida https://mfa.uz/ru/press/news/2020/10/24785/ voqealar rivojidan tashvishda ekanini qayd etgan.  

“O‘zbekiston eng yaqin qo‘shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg‘izistondagi vaziyat mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi talablari asosida tez orada barqarorlashadi, deb umid qiladi”, - deyiladi bayonotda.

“Ushbu murakkab damlarda O‘zbekiston ko‘p asrlik tarixiy va qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan mustahkam bog‘langan qardosh qirg‘iz xalqiga har tomonlama yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor”.

O‘zbekiston shu kunning o‘zida Qirg‘iziston fuqarolarining o‘z hududiga kirishiga cheklov o‘rnatdi. Shu bilan birga, ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolari mamlakatdan chiqib ketishlari, Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonga kirishlari mumkin. Ammo cheklovlar yuklarni tashishga joriy etilmaydi.

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.