Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

O‘zbekistonda biometric pasportlar IDga almashtiriladi

23.09.2020 • 08:10

2021 yildan O‘zbekistonda shaxsning identifikatsiyasi yagona tizimi joriy etiladi. 2011 yilda muomalaga kiritilgan biometric pasportlar chipli ID-kartalarga almashtiriladi. 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra; ikkinchi bosqichda 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.  Identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari kerak boʻladi.  Identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzildagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga, almashtirish uchun esa oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishlari mumkin. Identifikatsiya ID-kartalari belgilangan hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi. ID-kartasini rasmiylashtirish uchun murojaat oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan kelib tushganda xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi. ID-kartani rasmiylashtirish va berish uchun TBMning 89% miqdorida davlat boji undiriladi.  

 

Manba: UzA axborot agentligi -// http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasida-identifikatsiya-id-kartalarini-jo-23-09-2020

 

 

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.