Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Telegram oʻzining Fact Check dasturini ishga tushiradi

18.07.2024 • 06:41

Endilikda Telegram tarmogʻida Fact Check dasturi ishga tushadi. Bu haqida Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

“Android uchun Telegram beta-versiyasining manba kodida faktlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan Fact Check funksiyasi qatorlari topildi”,  dedi u oʻzining shaxsiy telegram kanalida. 

Bu funksiya ma’lumotlarni tekshirish bilan shug‘ullanadigan agentliklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

“Fact Check” funksiyasi xabarlarga aniq ma’lumot qo‘shish imkonini beradi. 

Shuningdek, Durovning soʻzlariga koʻra, har bir mamlakat hukumati “Telegram”dagi faktlarni tekshiradigan agentlikni oʻz ixtiyori bilan tayinlashi mumkin bo‘ladi. U bloklar tarkibini to‘liq nazorat qiladi, oddiy foydalanuvchilar esa bu qaydlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Telegram uchun moʻljallangan Fact Check funksiyasining ishi shaffof boʻladi va foydalanuvchilar  ma’lumotni qaysi agentlik tekshirganligini koʻrish imkoniyati kiritiladi.
Eslatib oʻtamiz Factchecknet.uz Telegram platformasi Telegram-kanallar egalariga reklamadan olinadigan daromadidan 50 foizgacha pul toʻlashi haqidagi xabarni ham yoritgandi.

Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

Manba: https://factchecknet.uz/2024/07/12/telegram-o%ca%bbzining-fact-check-dasturini-ishga-tushiradi/

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.