Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

Kiverxavfsizlik. Xavfning turlari

15.03.2021 • 06:56

Odatda, kiberhujumlarning maqsadi maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, uni o‘zgartirish yoki yo‘q qilish, foydalanuvchilardan pul talab qilish yohud tartibli biznes-jarayonlarni izdan chiqarishdan iborat bo‘ladi.

Bugungi kunda kiberxavfsizlikning  samarali choralarini joriy etish juda qiyin, chunki qurilmalar soni odamlardan ko‘proq, xakerlar esa hujumlarning yangi-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda.

Kiberxavfsuzlik bo‘yicha mutaxassislar xavflarning quyidagi turlariga qarshi kurashishmoqda:

  • Fishing — ishonchli jo‘natuvchilardan kelganga o‘xshash tasavvur uyg‘otadigan soxta elektron xatlarni jo‘natish. Bu turdagi firibgarlikdan maqsad kredit kartalari raqamlari va hisob yozuvlari kabi maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash hisoblanadi[1]. Bu turdagi tahdidlardan xodimlarni xatti-harakat qoidalariga o‘rgatish, shunungdek zararli elektron xatlarni bloklash orqali himoyalanish mumkin.
  • Tovlamachi-viruslar — kiberxavflarning bu turida firibgarlar tovlamachilik bilan pul undirishadi. Foydalanuvchi firibgarga pul o‘tkazmagunicha fayllar va axborot tizimlaridan foydalana olmaydi. Shu bilan birga, tovon puli to‘lanishi fayllar va tizimlardan foydalanish imkoniyati tiklanishini anglatmaydi [2].
  • Zararli DT — bu kompyuterdan ruxsatsiz foydalanish yoki zarar yetkazishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir. [1]
  •  Ijtimoiy muhandislik — buzg‘unchilar foydalanuvchini maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishga majburlash uchun ushbu taktikani qo‘llashadi. Ular pul o‘tkazish yoki maxfiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Ijtumoiy mehandislik usullari yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Shunda foydalanuvchini havolaga bosishga, zararli DTni yuklab olishga yoki yomon niyatli manbaga ishonishga majburlash imkoniyati oshadi.[3]

 

Manbalar:

1. Cisco.com «Что такое кибербезопасность?» https://www.cisco.com/c/ru_ru/products/security/what-is-cybersecurity.html#~how-cybersecurity-works

2. DATAMI “Кибербезопасность и типы угроз” (1.07.2020) https://datami.ua/ru/kiberbezopasnost-i-tipy-ugroz/

3. Сообщество в VK “Кибербезопасность в век цифровизации” (23. 05.2019) https://vk.com/@infotechno-tipy-ugroz-v-kiberbezopasnosti

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.